«Репродуктивное здоровье и право»

“Akusherlik va ginekologiya” kafedrasi “Onalikda hamshiralik parvarishi” o`qituvchisi Karimova Barno Ulug`bekovna tomonidan “Hamshiralik ishi” 303-guruh o`quvchilari bilan birga o`tkazilgan “Reproduktiv salomatlik va reproduktiv huquq” mavzusida ochiq ma`naviyat soati.

P.F.Borovskiy nomli tibbiyot kolleji Ma`naviyat va ma`rifat bo`yicha direktor o`rinbosari Xasanova V.X., Ishlab chiqarish ta`limi bo`yicha direktor o`rinbosari Alimova F.Z., “Akusherlik va ginekologiya” kafedrasi mudiri Muslimova N.M., “Pediatriya” kafedrasi o`qituvchisi Aripova S.M., o`qituvchilar Xidirova V.

Yuqoridagi masala yuzasidan “Akusherlik va ginekologiya” kafedrasi mudiri Muslimova N.M. so`zga chiqib, ma`naviyat soatining maqsadi va kafedra maqsadlari bilan tanishtirdilar. Bunda ochiq ma`naviyat soatining maqsadi “Reproduktiv salomatlik va reproduktiv huquq” mavzusida bilimlarni mustahkamlash, reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish tamoyillari haqidagi bilimlarni shakllantirish. Kafedra maqsadi: ochiq ma`naviyat soatlarida interfaol usullardan samarali foydalanish va o`quvchilarga ingliz tilini tadbiq etish.

“Hamshiralik ishi” bo`limi 303- guruh rahbari Karimova B.U. so`zga chiqib, ochiq ma`naviyat soatining o`tkazishda o`z oldiga qo`ygan maqsadlar haqida gapirib o`tdi. Ochiq ma`naviyat soatining maqsadi: “Reproduktiv salomatlik va reproduktiv huquq” mavzusida bilimlarni takomillashtirish, reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish tamoyillarini shakllantirishdan iboratligini gapirib o`tdilar.

“Pediatriya” kafedrasi o`qituvchisi Aripova S.M. ochiq ma`naviyat soatida “Kichik guruhlarda ishlash” usulidan samarali foydalanilganligi, bunda mavzuga aloqador salomatlikni madh etuvchi Ibn Sino tomonidan aytilgan fikrlari tezkorlik bilan o`zlashtirilganligi haqida aytib o`tdilar.

Infotmatika fani o`qituvchisi Xidirova V. so`zga chiqib, ochiq ma`naviyat soatida “Rolli o`yinlar” usulidan foydalanilganligini o`quvchilar uchun reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish tamoyillarini o`zlashtirishlari osonroq bo`lishi haqida gapirib o`tdilar.

Shu masala yuzasidan Ma`naviyat va ma`rifat bo`yicha direktor o`rinbosari Xasanova V.X. so`zga chiqib, “Reproduktiv salomatlik va reproduktiv huquq” mavzusida ochiq ma`naviyat soatini o`tkazishda nafaqat o`qituvchi balki, kafedra mudiri va o`qituvchilari tomonidan amaliy yordam berilganligi yoqqol namoyon bo`lganligini aytib o`tdilar.

Ishlab chiqarish ta`limi bo`yicha direktor o`rinbosari Alimova F.Z. ham shu o`rinda so`zga chiqib, ochiq ma`naviyat soati muvaffaqiyatli o`tkazilganligini va hayotda ham shu maslahatlarga o`zlari ham rioya qilishlari kerakligini ta`kidlab o`tdilar.